Boshqaruvchi AI Android ilovasi
Buxgalteriya, savdo, ombor, kassa va hisobotlar cho'ntagingizda. Kompyuterdagi barcha ma'lumotlar va huquqlar bilan bir xil.
O'rnatish
- Yuklab oling. Telefoningizda shu sahifani oching va "APK yuklab olish" tugmasini bosing.
- Faylni oching. Yuklab olingan boshqaruvchi-ai.apk faylini bosing. Telefon so'rasa, brauzerga "Noma'lum ilovalarni o'rnatish" ruxsatini bering.
- O'rnating va kiring. "O'rnatish"ni bosing, ilovani oching va email-parol yoki Google orqali kiring.
Ilova Google Play'dan emas, to'g'ridan-to'g'ri saytimizdan tarqatiladi. Faqat shu sahifadan yuklab oling.
Pastki menyu, katta tugmalar, kartochka ko'rinishidagi ro'yxatlar va bir qo'lda kiritiladigan hujjatlar.
Hisobvaraq-faktura, dalolatnoma va hisobotlarni printerga yuboring yoki PDF qilib saqlang.
Excel (CSV) eksport va zaxira nusxalar "Yuklanmalar/Boshqaruvchi" papkasiga tushadi.
Savol bering, hujjat tuzdiring, xuddi kompyuterdagidek.
Ilova to'g'ridan-to'g'ri serverdan ishlaydi: har bir yangilanish darhol telefoningizda.
Google orqali kirish tizim brauzerida, sessiya faqat ilovada; zaxira nusxaga sessiya tushmaydi.
Haqiqiyligini tekshirish
Ilova paketi: uz.boshqaruvchiai.app. Imzo sertifikati SHA-256 barmoq izi:
7E:09:1E:D5:52:8C:7E:64:AB:DD:22:82:6A:47:06:6C:A8:33:3E:AF:6A:2B:B8:DC:C3:9E:96:56:6C:34:CE:B9Yangilanishlar faqat shu imzo bilan o'rnatiladi: boshqa imzoli fayl yangilanish sifatida qabul qilinmaydi.